KALI

KALI — Kolumbiyaning g’arbiy qismidagi shahar. Valya-del-Kauka departamentining ma’muriy markazi. Fapbiy Kordilera tog’larida, 1100 metr balandlikda joylashgan. Aholisi 1,7 million kishi (1995). Temir yo’l va avtomobil yo’llari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Kauka vodiysidagi rivojlangan qishloq xo’jalik rayonining muhim iqtisodiy markazi. Oziq-ovqat, rezina-texnika, to’qimachilik, poyabzal, tikuvchilik, tsement, elektrotexnika sanoati korxonalari mavjud. Velosipedlar ishlab chiqariladi. Kali yaqinidan ko’mir qazib olinadi. 2 universitet, muzey bor. Kaliga 1536 yilda asos solingan. 16-18-asrlarga oid me’moriy yodgorliklari saqlangan.