IBN QUTAYBA ABU MUHAMMAD ABDULLOH IBN MUSLIM AL-MARVAZIY

IBN QUTAYBA ABU MUHAMMAD ABDULLOH IBN MUSLIM AL-MARVAZIY (828— Bag’dod — taxminan 889) — Arab Filologi, tarixchi va yozuvchisi. Asli Marv (hozirgi Turkmanistonning Mari shahri) lik, Bag’dodda yashagan. Arab filologiyasining Bag’dod maktabi asoschisi. Qadimgi adabiy yodgorliklarni to’plash, tizimga solish va tanqidiy o’rganish bilan shug’ullangan. «Taqvim ullison» («tilni to’g’rilash»), «Kitob Fi xalq il-inson» («insonning yaratilishi haqida kitob»), «diyvon ul-kuttob» («kotiblar devoni»), «Tabaqot ush-shuaro» («shoirlarning tabaqalari») va boshqa asarlar muallifi. «Uyun ul-Axbor» (10 jildli, «axborot manbalari») adabiy-tarixiy tazkirasida davlat hokimiyati, qo’shin xususida, bundan tashqari, yomon xulq-odatlar tanqid qilinadi, ma’rifat, birodarlik, insoniy tuyg’ular ulug’lanadi. Ibn Qutaybaning «Adab ulkotib» («kotibning san’ati»), «Ash-she’r va-sh-shuaro» («she’riyat va shoirlar») asarida xat va she’r san’ati haqida fikr yuritilgan.