TO’RG’AY SOYLIGI

TO’RG’AY SOYLIGI, To’rg’ay vodiysi — shim.dan janubga To’rg’ay platosi va G’arbiy Sibir tekisligi hamda Turon pasttekisligining shim. qismini kesib o’tgan eroziontektonik soylik. Qozog’istonning shimol g’arbida. 800 kilometrga cho’zilgan. Eni 20-75 kilometr, balandligi 125 metrgacha. Qadimgi allyuvial va ko’lallyuvial qumoqlaridan tashkil topgan. To’rg’ay soyligi bo’ylab shimoliy yo’nalishda Ubagan daryosi, Janub yo’nalishda To’rg’ay daryosi oqib o’tadi, sho’r ko’llar bor. Erigan qor suvlaridan botqoqliklar hosil bo’lgan, grunt suvlari minerallashgan. Dasht va chala cho’l landshaftlarda sho’rtobsho’rxok, sho’rtobo’tloqdasht va o’tloklar bor. Yaylov va pichanzor ko’p.