TAFT (TAFT) UILYAM XOUARD

TAFT (TAFT) UILYAM XOUARD (1857.15.9 — 1930.8.3) — AQSh davlat arbobi. Yell kolleji (1874-78) va Tsintsinnatidagi yuridik maktabda (1878-80) o’qigan. Advokat, sudya bo’lgan. 1901-04 yillarda Filippin orollari gubernatori. 1904-08 yillarda Taft Ruzvelt hukumatida harbiy vazir. 1909-13 yillarda respublikachilar partiyasidan saylangan AQSh prezidenti. Taft hukumati Lotin Amerikasi davlatlarini AQShga qaram ettirish yo’lini tutgan. 1912 yildagi prezident saylovida mag’lubiyatga uchragan. Birinchi jahon urushi yillarida (1914-18) mehnat masalalari bo’yicha Milliy harbiy boshqarma rahbari. 1921 yildan AQSh Oliy sudi raisi. Shtatlar huquqini himoya qilish bahonasida sanoatda bolalar mehnatidan foydalanishni cheklashga qarshi bo’lgan.