INTERMESSO

INTERMESSO (italyancha intermezzo — tanaffus) — yakka soz, ansambl yoki orkestrga mo’ljallangan erkin shakldagi kichik musiqa asari. Mustaqil janr sifatida birinchi marta R. Shuman o’z ijodida qo’llagan (fortepiano uchun 6 ta Intermesso, 1832). Fortepiano uchun I. Brams, A. Lyadov, orkestr uchun M. Musorgskiy Intermesso yozishgan. Ba’zan turkum asarlar (kontsert, Sonata, trio va boshqalar) yoki operaning mustaqil cholg’u va xor qismlari ham Intermesso deyiladi. O’zbekistonda G. Mushel, Ik. Akbarov, A. Kozlovskiy kabi kompozitorlar ijodida turli cholg’u asboblarga mo’ljallangan Intermessolar bor.