JO’RAYEV FRUNZE SODIQOVICH

JO’RAYEV FRUNZE SODIQOVICH (1929.12.11, Buxoro) — teatrshunos. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1989). Toshkent davlat san’at institutini tugatgan (1952). Hamza nomidagi San’atshunoslik institutida kichik ilmiy xodim (1952-55, 1958-68), keyinchalik katta ilmiy xodim (1968— 70 va 1984— 92), respublika gazetalarida adabiy xodim (1955-58), Madaniyat ishlari vazirligida repertuar tahrir hay’ati bosh muharriri (1970— 73); teatr va musiqa tashkilotlari bosh boshqarmasi boshlig’i (1981-84). Navoiy teatri direktori (1978-81).