ICHKI GEOMETRIYA

ICHKI GEOMETRIYA — geometriyaning egri sirt ustida bajariladigan turli o’lchashlar bilan bog’liq xossalar (sirtning ichki xossalari) o’rganiladigan bo’limi. Masalan, sirtni egish natijasida sirt ustidagi chiziqning uzunligi o’zgarmaydi, ammo uning egriligi o’zgara boradi. Egri chiziq yoyining uzunligi, ikki chiziqning kesishgan nuqtasida hosil bo’lgan burchak, figura yuzi Ichki geometriyada asosiy tushunchalardir. Efi sirt ustidagi geodezik chiziqlar to’g’ri chiziqlar vazifasini bajaradi. Sirtlar Ichki geometriyasi K. f. Gauss kiritgan birinchi kvadratik formaga muvofiq o’rganiladi. Tekislik Ichki geometriyasi planimetriya, sfera Ichki geometriyasi esa sferik geometriya hisoblanadi.