XOJA

XOJA (forscha — Xo’ja, xo’jayin) — tasavvufda tariqat mashoyixlariga beriladigan unvon. Bu unvon, asosan, Yusuf Hamadoniydan boshlab ishlatila boshlangan. Masalan, Xoja Yusuf Hamadoniy, Xoja Abduxoliq G’ijduvoniy, Xoja Axmad Yassaviy, Xoja Muxammad Samosiy, Xoja Bahouddin Naqshband, Xoja Ahror Valiy va hokazolar. Undan oldingi ulug’ pirlarga «Shayx» unvoni berilar edi.