«JIGAR PORA»

«JIGAR PORA» (majoziy — jigarband, farzand) — ommaviylashgan o’zbek mumtoz cholg’u kuyi, «dil kuyi» nomi bilan ham yuritiladi. Tanbur va dutor an’anaviy ijrochiligida keng o’rin tutadi. «Jigar pora» kuyiga Muqimiy g’azalini bog’lab aytiladigan ashula yo’li ham mavjud.