ABBOS MIRZO

ABBOS MIRZO (1789-1833) – Eron davlat va harbiy arbobi. Fath Alishoh Qojarning o’g’li, uning Ozarbayjondagi noibi. Davlatni idora qilish ishlarida, xususan Eron tashqi siyosatini yurgizishda yetakchi rol o’ynagan. Rossiya-Eron urushlari (1804-13 va 1826-28) hamda Eron-Turkiya urushi davrida (1821-23)da Eron qo’shinlariga qo’mondonlik qilgan. Ingliz va fransiz harbiy mutaxassislari yordamida Eron qo’shinlarini (xususan Ozarbayjonda) Yevropacha tartibda qayta tuzishga harakat qilgan. Turkmanchoy shartnomasini imzolagan (1828).