VALANSEN
VALANSEN, Valansenn — Frantsiya shimoldagi shahar, Shelda daryosi bo’yida, Belgiya chegarasi yaqinida. Aholisi shahar atrofi bilan 350 mingdan ziyod kishi (1990-yillar o’rtalari). Temir yo’l tuguni. Yiriktoshko’mir havzasi zonasida joylashgan. Metallurgiya, quvurprokat, to’qimachilik, shakarqand, kimyo sanoati korxonalari bor. Qadimdan to’r to’qiladi.