VALANSEN
VALANSEN, Valansenn — Frantsiya shimoldagi shahar, Shelda daryosi bo’yida, Belgiya chegarasi yaqinida. Aholisi shahar atrofi bilan 350 mingdan ziyod kishi (1990-yillar o’rtalari). Temir yo’l tuguni. Yiriktoshko’mir havzasi zonasida joylashgan. Metallurgiya, quvurprokat, to’qimachilik, shakarqand, kimyo sanoati korxonalari bor. Qadimdan to’r to’qiladi.
O‘xshash so‘zlar
- Valdenberg Isaak Yakovlevich
- Valdxaym Kurt
- Vale (Valier) Maks
- VALENT
- Valent zona
- VALENTINIAN I
- Valentlik
- VALERIAN





