Kompyuter nima?
Kompyuter yoki elektron-hisoblash mashinalari — insoniyat qilgan ixtirolarning eng oqilonalaridan biri bo’lsa, ajab emas. Hozirgi kunda kompyuterlar qo’llanilmaydigan ilm-fanning biron tarmog’i bo’lmasa kerak. Lekin kompyuterlar bizning kundalik hayotimizga to’la-to’kis kirib kelishi uchun oradan ko’p yillar o’tishi va insonning mashinaga munosabati tamomila o’zgarishi kerak edi. Insonning kompyuterlarni faqat og’ir mehnatni yengillashtirish vositasi deb bilishiga chek qo’yilishi, balki unga o’zining so’zsiz va eng ishonchli yordamchisi deb munosabatda bo’lishi talab qilinar edi. Kompyuterning qalbi — protsessor deb atalgan maxsus elektron tizimdir. Aynan shu qism kompyuterga tushadigan barcha axborotlarni qayta ishlaydi. Protsessorlar faoliyatiga dasturlar rahbarlik qiladi. Dasturlar faqat mashinalarning o’zi tushunadigan maxsus tilda yozilgan va mashinalar bunday paytda musiqachilar notani qanday idrok etolsa, aynan shu vazifani bajaradi. Bordi-yu, dasturlar bo’lmasa, u holda eng mukammal kompyuterlar ham hatto eng oddiy arifmetik vazifalarni ham hal eta olmaydilar. Hozirgi kunda son-sanoqsiz miqdordagi har xil dasturlar yaratilgan, ularning yordamida kompyuterlar kitoblar yarata oladilar, bir tildan boshqa tilga tarjima qila oladi, eng chigal matematik hisob-kitoblarni bajara oladi va hatto multfilmlar uchun rasmlar chiza oladi. Shu bilan birga, kompyuterlar faqat inson uchun ishlab qolmasdan, ayni paytda maxsus o’yinli dasturlar asosida hordig’ini ham chiqaradi. Mana, nima sababdan siz kompyuterni hamma yerda uchratasiz: u bizneschining idorasida ham, do’konda ham, chiptalar sotiladigan kassada ham, metro bekatlarida ham mavjud. Yaqinda Angliyada hatto kompyuter o’yini ishqibozlari uchun kafe ochildi. Bu yerda sen faqat kompyuterlar bilan cheklanmasdan, balki yaqin-birodarlaringdan axborot-yangiliklarni eshitishing va hatto olis joylarga faks ham jo’natishing mumkin. Moskvada «Dendi» deb atalgan kompyuter o’yinlari ishqibozlarining klubi va xuddi shu nomdagi maxsus televizion ko’rsatuv ham bor.