GIDROAEROIONIZATSIYA

GIDROAEROIONIZATSIYA — elektr zaryadli suv zarralari va gaz ionlarining hosil bo’lishi. Tabiiy sharoitda shalolalarda, tez oqadigan daryolar bo’yida, dengiz suvi ko’tarilganda, favvora va boshqa joylarda Gidroaeroionizatsiya bo’ladi. Gidroaeroionizatorlar yordamida sun’iy yo’l bilan ham hosil qilinadi. Nafas a’zolari, yurak-tomir, asab sistemasi va boshqa kasalliklarni davolashda boshqa davo muolajasi bilan birga qo’llaniladi.