Gidroaeromexanika
Gidroaeromexanika (gi- dro…, Aero… va mexanika) — mexani- kaning suyuq va gazeimon muhitlar mu- vozanati va harakatini, ularning bir- biriga va qattiq jismlarga ta’sirini o’rganish b-n shug’ullanadigan bo’limi. G. kundalik hayot ehtiyojlari b-n chambarchas bog’liq holda rivojlandi. Gidrotexnika qurilmalari (kanallar, quduqlar), suv- da suzish vositalari (sol, qayiq) qadim zamonlardan ma’lum. G. ga asos slogan Arximed gidrostatika qonunlarini kashf qilgan, suyuqliklar muvozanati nazariyasini yaratgan. Keyinchalik, Leo- Nardo da Vinchi jismlarning suyuqpik va gazlardagi harakatini o’rgangan, qushlarning uchishini kuzatib, muhit qarshiligi mavjudligini kashf qilgan. B. Paskal suyuqlikning istalgan nuqtasida bosim kuchi hamma yo’nalishda bir xil bo’lishini aniqlagan. I. Nyu- ton g. qonun va tenglamalarini nazariy isbotlab bergan. Nazariy G. asoschila- ri L. Eyler. D. Bernulli G.ni mexani- kaning qonunlariga tatbiq qilishgan. 19-a. boshida g.da qovushoq suyuqliklar harakati o’rganildi, u gidravlika, gi- drotexnika va mashinasozlikning tez rivojlanishiga turtki bo’ldi. Qovushoqlik kuchi har qanday harakatga qarshilik qilishini tajriba ko’rsatdi. 19-a. oxirida g.ning yana bir yo’nalishi — siqiluvchan muhitlar oqishini o’rganish rivojlandi. Barcha suyuqliklar amalda siqilmaydi, aksincha, gazlar hajmini (ya’ni zichligini, bosim t-rasini oshi- rib) osongina o’zgartirsa bo’ladi; g. ning siqiluvchan muhitlar harakatini o’rganadigan bo’limi gaz dinamikasi dey- iladi. Aviasiya va raketa texnikasining rivojlanishi, EHM, kompyuterning paydo bo’lishi munosabati b-n aerodina- Mika va gaz dinamikasi ham rivojlan- Di. G.ning siqilmaydigan suyuqliklar harakati muvozanatini o’rganadigan bo’limi gidromexanika, iqlim va ob- havoni o’rganadigan bo’limidinamik me- teorologiya deyiladi. G. mat., fizika va kimyo fanlari b-n uzviy bog’langan. G. usullari va tavsiyalari aviasiya, gidro- mashinasozlik, kemasozlik, sanoat Aero- dinamikasi, qurilish, q. h. sohalarida keng qo’llaniladi.