Gidrotexnik zulfin

Gidrotexnik zulfin -gidro- texnik inshootlar (to’g’on, shlyuz, quvur, baliq o’tkazgich, gidrotexnika tunneli va b.)ning suv o’tkazuvchi teshiklarini to’la yoki qisman berkitadigan qurilma. Asosiy qismi qo’zg’aluvchan qurilma, ta- yanch qismlar va zichlagichlardan iborat. Zulfinlar stasionar (muqim) bo’ladi yoki harakatlanuvchi mexanizmlar (chig’ir, ko’tarish krani, gidravlik ko’targichlar) yordamida; kam suv o’tkaziladigan joylar- da qo’lda ochiladi yoki yopiladi. Ko’pincha, masofadan turib yoki avtomatik tarzda boshqariladi. G. z. inshootda joylashi- shiga ko’ra sirtqi (suv tushirmasi tepa- sida) va chuqur (yuqorigi bef sathidan pastda); vazifasiga ko’ra asosiy (ish Zul- fini); ta’mirlash paytida foydalani- ladigan, avariya sodir bo’lganda ochiladi- gan, qurilish Zul-finlari; zaxira; tuzi- lishiga ko’ra segmentli, sektorli valik- li va b.; materialiga ko’ra metall (po’lat), yog’och, temir-beton, plastmassadan yasal- gan xillarga bo’linadi (rasmga q.). Mexa- nik tarzda ishlaydigan sirtqi zulfin- lar keng ishlatiladi. Bular oddiyligi va puxta ishlashi b-n boshqalaridan farq qiladi. G. z. suv sathi va sarfini rost- lash uchun, kema, yog’och, oqiziqlar va b.ni o’tkazib yuborish uchun xizmat qiladi.