Gidrofon

Gidrofon (gidro… va fon) —suv ostida tovush tebranishlari va ultrato- vush (ut) signallarini qabul qiladigan va ularni elektr tebranishlarga ay- lantiradigan kurilma. Suv ostidagi signallarni tutish va shovqinlarni eshitish, suv ostida masofalarni o’lchash maqsadlarida qo’llaniladi, yo’naltirilgan gidroakustik antenna- ning bir qismi hisoblanadi. Elektrodi- Namik, pezoelektrik va magnitostrik- tsion effektlarga asoslangan g.lardan keng foydalaniladi. G.ning eng muhim ko’rsatkichi —sezgirlik; uning sezgir elementlari (o’zaklari) yupqa plasti- nalardan yig’iladi. G. gidroakustik qurilmalar (gidrolokator, shovqin pe- lengatorlari, akustik mina portlatgich- lar va b.)da ishlatiladi.