MAGNIT TOG’I

MAGNIT TOG’I — Janubiy Uralning Sharqiy yon bag’ridagi tog’ (Rossiya Federatsiyasining Chelyabinsk viloyatida). Mutlaq balandligi 614 metr. Asosan, granit, porfirit va marmarlardan tarkib topgan. Magnitdan qazib olinadigan temir rudasi Magnitogorsk metallurgiya kombinatining asosiy xom ashyosi. Magnit yaqinida 1929-34 yillarda Magnitogorsk shahri bunyod etilgan.