MEYDZI ISIN

MEYDZI ISIN (yaponcha — yangilanish, Meydzi restavratsiyasi — Yaponiyadagi inqilob (1867-68). Tokugava xonadoniga mansub syogunlar hokimiyatini ag’darib tashlagan va imperatorlar hokimiyatini tiklagan. Hokimiyat tepasiga ijtimoiy- iqtisodiy islohotlar o’tkazish yo’lini tutgan Musuxito boshchiligidagi hukumat kelgan.