Meylikov Nu’mon

Meylikov Nu’mon (1947.25.1, Kitob tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Buxoro pedagogika institutini tugatgan (1968). 1968 yildan Kitob tumanidagi maktablarda fizika fani o’qituvchisi, ilmiy bo’lim mudiri, maktab direktori, 1996 yildan birinchi litsey-internatda ilmiy bo’lim mudiri va fizika fani o’qituvchisi. Meylikov ixtisoslik sinflarini tashkil etish, iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash va o’quvchilarning mustaqil bilim olishlarida, darslarni yangi pedagogik texnologiya asosida tashkil etishda namuna ko’rsatib kelmoqda.