NARAMSIN
NARAMSIN (Naram-Suen) — Akkad podshohi (miloddan avvalgi taxminan 2236-2200). Sargonning nabirasi. O’zini Xudo deb e’lon qilib, mustabid hokimiyat o’rnatgan. Naramsinning G’arbiy Erondagi lullubeylar qabilasi ustiga yurishi sharafiga o’rnatilgan stela — Akkad san’ati yodgorligidir (Luvrda saqlanadi). Naramsin davrida gutiylar (kutiylar)ning Akkadga bosqini boshlangan.
O‘xshash so‘zlar
- Narayan Pritxvi
- Narekasi
- Nargis Datt
- Nargis, narsiss
- Narim tizmasi
- Narimonov Hamidulla
- Narkobiznes
- Narkotik o’simliklar











