Narkotik o’simliklar

Narkotik o’simliklar – tarkibida odamning Markaziy nerv sistemasiga ta’sir ko’rsatadigan har xil sinfga kiruvchi organik moddalar (alkaloid, efir moyi, organik kislotalar, glikozidlar, saponin va boshqalar) mavjud o’simliklar. Ko’pchilik Narkotik o’simliklardan olinadigan moddalar tibbiyot va veterinariyada davolash va og’riqsizlantirishda ishlatiladi. Ta’sir qiluvchi moddalari, asosan, alkaloidlar. Ko’pchilik Narkotik o’simliklar zaharli va ulardan olinadigan preparatlarning ko’p qabul qilinishi giyohvandlikka olib keladi. Narkotik o’simliklarning ko’pchiligi yuksak o’simliklarga kiradi. Ko’p turlari Janubiy Amerika tropiklarida, shimoliy Amerika va Markaziy Osiyoda uchraydi. Ularning ayrimlari dorivor ekinlar sifatida ekib o’stiriladi (afyunli ko’knor, hind nashasi, maxorka, tamaki, Xin daraxti, koka butasi), ayrimlari zaharli o’simliklar bo’lib, yovvoyi holda o’sadi (bangidevona, afsonak, Maralquloq, shuvoqning ba’zi turlari). Xolima Otaboyeva.