Narimonov Hamidulla

Narimonov Hamidulla (1910.1.1 -Toshkent — 1982.6.4) — O’zbekiston xalq artisti (1967). Moskva o’zbek drama studiyasini tugatgan (1930). Buxoro teatrida, 1933 yildan Hamza teatrida ishlagan. Narimonov ijodiga Nuroniy, tabarruk, xalq hurmatini kozongan kishilar obrazi yakin bulib, aktyor ularni yorkin, ha-yotiy va ishonarli yaratishga intilgan. Asosiy rollari: teatrda — ijro etgan Yaichnisa (N. Gogol, «Uylanish»), Madaminbek, Nurbobo (I. Sultan, «Burgutning parvo- zi», «noma’lum kishi»), Xolmat (Hamza, «Boy ila xizmatchi»), Xotam, Cho’li bobo (Uyg’un, «Qotil», «Ibn Sino»), Shokir (Oybek, «qutlug’qon»), Shayxulislom (M. Shayxzoda, «Mirzo Ulug’bek»); kinoda — Hasanali («O’tgan kunlar»), Yokub ota («uzgalar tashvishida») va boshqalar.