Narzulloyev Axmat Imidovich

Narzulloyev Axmat Imidovich (1956.15.3, Surxondaryo viloyati Denov tumani) — muhandis-texnolog, O’zbekiston qahramoni (2003). Toshkent politexnika institutini tugatgan (1979). Mehnat faoliyatini 1979 yildan Sari-Osiyo tumanidagi Sharg’un g’isht zavodida katta ustalikdan boshlagan. 1981-86 yillarda shu zavod direktori, Denov eksperimental ishlab chiqarish korxonasi direktor o’rinbosari (1986— 90), 1991 yildan Denov tumanidagi chorvachilikka ixtisoslashgan «Lochin» fermer xo’jaligi boshlig’i. Yaylovlari 100 gektar bulgan fermer xo’jaligida 2000-2003 yillarda koramollar soni 1100 boshdan 1800 boshga yetkazildi. Go’sht va sut yetishtirishda katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Shuningdek, xo’jalikda zamonaviy texnologiya bilan jihozlangan molxonalar, sutni qayta ishlovchi kichik zavodlar qurildi. 2000 yilda rentabellik darajasi 63%ni, 2003 yilda 175%ni tashil etdi. Narzulloyev tashabbusi va ko’magi bilan hududda bolalar sporti majmualari, zamonaviy vrachlik punktlari va kichik korxonalar qurilishi, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam kabi xayrli ishlar amalga oshirildi. «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (2001).