Sport qay tariqa paydo bo’lgan?
Mabodo biz tarixga murojaat qiladigan bo’lsak, unda sport bilan shug’ullanish muqarrar dindan boshlanganini ilg’aymiz. Ibtidoiy odamzot marosimiy raqslarni ijro etganicha ilohlarga sajda qilgan. Buningdek raqslar askarlar yoki ovchilarning xatti-harakatlarini eslatar edi. Keyinchalik ular shunchaki raqsga tushayotganlarning huzurlanishi uchun ijro etilgan, va ehtimol, shundan keyin sportning biror turiga aylangan. Misrliklarda ayrim sport turlari 4 ming yil ilgari ham mavjud bo’lgan. Ammo sport yengil atletika bilan shug’ullanish asnosida Yunonistonda kurtak yozdi. Tarixchilarga ma’lum bo’lgan birinchi Olimpiya o’yinlari Yunonistonda miloddan avvalgi 776 yilda bo’lib o’tgan. Bugungi kunda biz sport hayotimizda nechog’li muhim ahamiyat kasb etishini bilamiz. Ammo u qadimgi Yunonistonda tengsiz darajada muhim bo’lgan. Har bir o’g’lon maktabda o’qib yurgan kezlarida yugurish, sakrash, kurash mashqlarini bajarar edi. Inson, agar u o’rta yoshga yetganida ham kuchli va chiniqqanligicha qolaversa, yaxshi atlet hisoblangan. Sog’ tanda sog’lom aqlga ega bo’lish yunonlarning ideali edi. Shuning uchun ham ular faqatgina atlet bo’lganlarni ham, aksincha, shuningdek hamma ishda muvaffaqiyat qozonsa hamki, sport bilan shug’ullamaganlarni ham xuddi shundaylar singari unchalik xushlashmasdi. Shunday bo’lsa-da, ularning xususan boks va kurash singari sport turlari bo’yicha professional sportchilari bo’lgan. Yunonistonda ko’pgina sport bayramlari bo’lgan, biroq eng qadimiysi va eng muhimi muqarrar, Olimpiya o’yinlaridir. Faqat o’n oylik tayyorgarlikdan o’tgan nasli toza yunonlargina musobaqalashishi mumkin edi. Dastlab o’yinlar yugurish va sakrash bo’yicha musobaqalardan iborat bo’lgan. Keyinchalik ularga kurash, boks, disk va nayza uloqtirish, foytunlar poygasi qo’shildi.