MALLIKEN (MALLIKEN) ROBERT SANDERSON

MALLIKEN (MALLIKEN) ROBERT SANDERSON (1896.7.6, Nyubernport — 1986. 31.10) — amerikalik fizikkimyogar. Massachuset texnologiya institutini tugatgan (1917). Chikago universiteti (1925 yilgacha), Garvard va Nyu-York universitetlarida (1926— 28), 1928 yildan yana Chikago universitetida (1931 yildan professor) ishlagan. Kimyoviy bog’lar va molekulalarning elektron struktura tuzilishlarini molekulyar orbitallar usulida aniqlagan. Nobel mukofoti laureati (1966).