Malov Sergey Efimovich

Malov Sergey Efimovich (1880.4.1, Qozon — 1957.6.9, Leningrad) — turkiy- shunos olim. FA muxbir a’zosi (1939), Peterburg unti sharqshunoslik f-tida o’qigan (1904-09), N.F.Katanov va V.V.Roelovlarning shogirdi sifatida turkiy xalqlarning tarixi, tili, og’zaki ijodiyoti hamda etnografiyasi b-n jid- diy shug’ullangan. Fapbiy va Markaziy Xitoy (Sintszyan va Gansu viloyatlari)da yashovchi uygurlar tili va shevalari usti- da olib borgan tadqiqotlari (1909-11; 1913-15)diqqatga sazovor. M. «Qadimgi turkiy yozuvi yodgorliklari. Matnlar va tarjimalar» (1952), «Uyg’ur tili. Homiy lahjasi. Matnlar, tarjimalar, lugat» (1954), «Sintszyan viloyatining uyg’ur lahjalari. Matnlar, tarjima- lar, lug’at» (1961), «Lobnor tili, Mat- nlar, tarjimalar, lugat» (1955), «sariq uygurlar tili. Lug’at va grammatika» (1957), «sariq uyg’urlar tili. Matnlar va tarjimalar» (1967) kabi asarlar mu- allifi. M. V.V.Radlov b-n hamkorlikda qad. uyg’ur qo’lyozmasi «Oltin yoruq» («Suvarrahhasa»)HH topdi va e’lon qildi. Uning «turklarning Enisey yozu- VI» (1952) nomli kitobi xalqlarimiz o’tmishi, tillari tarixini o’rganishda muhim manba hisoblanadi.