NAVRO’ZGULDOSHLAR

NAVRO’ZGULDOSHLAR (Primulaceae) — tutash tojbargli ikki urug’pallali, bir va ko’p yillik o’simliklar oilasi. Poyasi yarim buta, yaxshi rivojlanmagan, bo’g’iz bargli. Barglari oddiy, tukli. Gullari to’g’ri, ikki jinsli, mevasi ko’sak. 23 turkumga mansub 1000 ga yaqin turi bor. Mas, navruzgul, tsiklamen, sedmichnik va boshqalar uchraydi. Ba’zilari manzarali (masalan, tsiklamen, navruzgul va boshqalar). Hasharotlar yordamida changlanadi.