DAVLAT BUDJETI DAROMADLARI

DAVLAT BUDJETI DAROMADLARI — davlat budjetiga jalb qilinadigan soliqli va nosoliqli mablag’lar; amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda davlat hokimiyati organlari va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag’lari. O’z tarkibiga quyidagilarni oladi: l) qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar, yig’imlar, bojlar, shuningdek, majburiy to’lovlar hamda soliq bo’lmagan boshqa tushumlar; 2) davlatning moliyaviy aktivlari va boshqa aktivlarining joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotishga berilishidan olingan daromadlar; 3) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo’yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag’lari; 4) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek, xorijiy davlatlardan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari; 5) rezident-yuridik shaxslarga va xorijiy davlatlarga berilgan budjet ssudalarini qaytarish hisobiga tushadigan to’lovlar; 6) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar.