DAVLAT SEKTORI
DAVLAT SEKTORI — mulk shakllaridan biri bo‘lib, uning subyekti (egasi) davlat hisoblanadi. Yer, tabiiy resurslar; asosiy ishlab chiqarish vositalari, bino va inshootlar; moddiy resurslar, moliyaviy resurslar, qimmatbaho buyumlar, axborotlar, madaniy va ma’naviy boyliklar davlat mulki obyektlari hisoblanadi. Bu boyliklardan foydalanish to’liq davlat ixtiyorida bo’ladi. U davlat mulklaridan kerak bo’lgan yo nalishda foydalanishni taminlaydi.