DAVLAT ТАSARRUFIDAN CHIQARISH
DAVLAT ТАSARRUFIDAN CHIQARISH — davlat mulki, iqtisodiyotdagi davlat sektorini xususiylashtirishdan iborat bo’lib, u davlat mulkchiligining yakka hukmronligini tugatish, erkin tadbirkorlikka yo’l ochish va bozor iqtisodiyotini qaror toptirish maqsadida amalga oshiriladi. Xususiylashtirish orqali davlat mulki fuqarolarga berilib, mulk o’z egasini topadi; har bir kishi milliy boylikda o’z hissasiga ega bo’ladi.