HAR YILGI ASOSDA MUVOZANATLANTIRUVCHI BUDJET
HAR YILGI ASOSDA MUVOZANATLANTIRUVCHI BUDJET — budjet siyosatining konsepsiyalaridan biri. Davlat budjeti har yili muvozanatlashtirish lozim degan qoidalarga asoslanadi. Bu qoida asosida davlat budjetining muvozanatlantirilishi fiskal siyosatning samaradorligiga salbiy tasir etishi mumkin. Masalan, inflyatsiya sharoitida aholining daromadi oshib boradi. Bu esa avtomatik ravishda soliq tushumlarini ko’paytiradi. Hukumat daromadlarning xarajatlardan ortib ketishining oldini olishga harakat qiladi. Unda u soliq stavkasini pasaytirish yoki davlat xarajatlarini ko’paytirish yoki ularning ikkalasidan foydalanishi kerak bo’ladi. Buning natijasida inflyatsiyaning kuchayishi ro’y beradi.