HUJJAT AYLANISHI
HUJJAT AYLANISHI — hisob jarayonida hujjatlarni tuzish vaqtida ularni arxivga topshirishgacha bo’lgan hujjatlar harakati. Korxonalarning xo’jalik bo’limlari (boshqaruv bo’limi, ishlab chiqarish sexi, uchastka, brigada va h.k.)da tuzilgan hujjatlar buxgalteriyaga topshiriladi. U yerda shaklan va mazmunan tekshiriladi, bir xillik belgilariga qarab guruhlanadi va hisob registrlariga yozilgandan song papkalarga tikilib, turli ma’lumotlar berish va turli tekshirishlar uchun foydalaniladi. Ilmiy-tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan hujjatlar davlat arxiviga topshiriladi, qolganlari yo’q qilinadi. Har bir korxonada hujjatlarni tuzish kimga yuklatilganligi, kim kimga qaysi muddatda hujjatlarni taqdim etishi, hujjatlarning hisobda foydalanilishi ko’rsatiladi.