IJTIMOIY TA’MINOTNING KO’RINISHLARI
IJTIMOIY TA’MINOTNING KO’RINISHLARI — qariyalar va nogironlarga ijtimoiy xizmat ko’rsatish — nogironlarni “Muruvvat” uylariga, yolg’iz qariyalarni “Saxovat” uylariga joylashtirish, muhtojlarni protezortopediya va harakatlanish vositalari bilan ta’minlash, nogiron bolalarni kasbga o’qitish va ishga joylashishda yordam ko’rsatish, pensionerlarni sanatoriy va dam olish uylarida sog‘ lomlashtirish, ularga shahar transportidan, turar joy, maishiy xizmat va soliqlarga aloqador imtiyozlar berish.