KARTEL
KARTEL (fran. cartel; ital. cartello carta — qog’oz, hujjat) — monopolistik birlashmaning bir ko’rinishi. Yirik korxona egalarining bozorda tanho hukmdorlik qilish, ko’p foyda olish maqsadida tuzgan uyushmasi. Uyushmaga kiruvchilar mahsulot hajmi, narxi, ishchilar yollash sharti, patentlar ayirboshlash, bozorlarni bo’lish, umumiy mahsulot ishlab chiqarishdagi har bir qatnashchining kvotasi va shu kabilar bo’yicha kelishib olishlari. Karter ishlab chiqarish quwatlarining ish bilan ta’minlanishini talabga moslashtirish, narxlami barqarorlashtirish, bozordagi ta’sir ko’rsatish sohalarini taqsimlash, mahsulotni o’tkazish sanoatning xorijiy raqobat va chet el firmalarining mahsulot narxlarini ataylab pasaytirishidan himoyalanmagan yangi sohalariga sarmoya sarflanishini bir maromda saqlab turish uchun narxlar va ishlab chiqarishda ishtirok etish ulushlarini belgilash maqsadida mustaqil firmalar o’rtasida tuzilgan bitimga asoslangan tadbirkorlik birlashma turi. Kartel narxlar ustidan nazorat o’rnatish maqsadida ishlab chiqarish hajmini cheklash xususida o’zaro imzolangan firmalar yoki korxonalarning monopol birlashmasi shakli. Uning boshqa uyushmalardan farqi shuki, unga kiruvchilar xo’jalik yuritish mustaqilligini saqlab qoladi. Kartel bitimlari ko’proq yirik trest va konsernlar o’rtasida tuziladi.