Karting

Karting (inglizcha carting) — kartlar (osma qurilmasiz, kuzovi yo’q jajji avtomobillar)da o’tkaziladigan sport poygasi. Karting yo’llari har xil (ko’pincha, kichik) radiusli o’ng va so’l burilishlari soni ko’p bo’lgan murakkab shakli bilan ajralib turadi; yo’lning uzunligi, xalqaro avtomobil federasiyasi talablariga binoan 400 metrdan 1200 metrgacha, kengligi 6 metrdan 10 metrgacha bo’ladi. To’g’ri yo’lning uzunligi 100 metrdan oshmaydi. To’g’ri yo’dda kartlarning tezligi soatiga 150 kilometrgacha boradi. Karting 1950-yillar o’rtasi AQShda paydo bo’ldi. 1959 yildan Karting bo’yicha jahon chempionati musobaqalari o’tkazib kelinadi.