Kartinalar galereyasi

Kartinalar galereyasi – rassomlik san’ati asarlari namoyish etiladigan badiiy muzey. Yirik muzeylar va saroy zallarining kartinalar to’plash uchun ajratilgan rangtasvir bo’limlari ham Kartinalar galereyasi deb ataladi (masalan, Drezden Kartinalar galereyasi). Qadimda hukmdorlarning saroylarida, badavlat xonadonlarda vujudga kelgan. 17-asrdan (bir tomoni oynavand — Galereya saroy xonalari, yo’lkalari kartinalar va boshqalar bilan bezatilgan binolar) Kartinalar galereyasi deb atala boshlagan. O’zbekiston hududida ham Kartinalar galereyasilari barpo etilmoqda (Angren shahridagi V.I. Ufimtsev Kartinalar galereyasi, Termiz shahridagi Ro’zi Choriyev Kartinalar galereyasi va boshqalar).