SHARTNOMA

SHARTNOMA — tomonlar o’rtasida o’rnatilgan, o’zgartirilgan yoki bekor qilingan huquq va majburiyatlar to’g’risidagi kelishuv, bitim. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shartnoma tomonlarining o’zaro majburiyatlarini o’z vaqtida aniq bajarishini ta’minlash va intizomni mustahkamlash, mahsulot sifatini yaxshilashning vositasi hisoblanadi. Shartnomaning muhim bandlari bo’lib uningpredmeti, baho, muddati hisoblanadi. Tomonlar barcha muhim bandlar bo’yicha kelishgan holdagina shartnoma qabul qilingan hisoblanadi. Shartnoma qonun talab etadigan tarzda rasmiylashtirilishi shart.