OBLIGATSIYA

OBLIGATSIYA — (lot. “obligo”- “qarz olish” mazmunini bildiradi). 1. Davlat yoki aksionerlik kompaniyasi tomonidan qarz majburiyati sifatida chiqariladigan qimmatli qog’oz. Davlat chiqargan obligatsiyalardan olingan daromad yutuqlar shaklida to’lanadi. Aksionerlik kompaniyalari chiqargan obligatsiya egasi daromadni oldindan belgilangan foiz sifatida oladi. Ma’lum davrdan so’ng u sotib olinadi. Aksiyadan farqli o’laroq obligatsiya egasiga aksionerlar majlisida ovoz berish huquqi berilmaydi. Obligatsiyalar pul bozorida harakat qiladi va o’z kursiga egadir. Obligatsiya kursi u keltiradigan daromad darajasi va ssuda foiziga bog’liq bo’ladi. 2. Emissiyaviy qimmatli qog’ozbo’lib, u obligatsiyani saqlovchining obligatsiyaning nominal qiymatini yoki boshqa mulkiy ekvivalentini obligatsiyani chiqargan shaxsdan unda nazarda tutilgan muddatda, nominal qiymatidan qat’iy belgilangan foizni olishga bo’lgan huquqini yoxud boshqa mulkiy huquqlarini tasdiqlaydi.