OBLIGATSIYA

Ma’nosi

OBLIGATSIYA (lot. obligatio – majburiyat) — qiymatiga nisbatan egasiga qat‘iy belgilangan daromad keltiruvchi qimmatli qog’oz, qarzni qaytarib berish va foiz to’lashni tasdiqlovchi majburiyatnoma. Fond birjalarida sotiladi. Obligatsiya aholi, korxona va tashkilotlar qo’lidagi pul mablag’larini to’plab, biror maqsad yo’lida safarbar etish uchun chiqariladi. Obligatsiya, asosan, davlat, mahalliy va korporatsiya Obligatsiyalariga bo‗linadi. Daromad davlat tomonidan chiqariladigan Obligatsiya bo’yicha yutuq, kompaniyalar Obligatsiyalariga foiz shaklida to’lanadi.

O‘xshash so‘zlar

О harfiga oid fuqarolik jamiyatiga oid ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar