OBSTRUKTSIYA

OBSTRUKTSIYA (lot. To’siq) — norozilik bildirish usuli, asosan parlamentlar faoliyatida noma‘qul qonun loyihasini muhokama qilish va qabul qilishga yo’l qo’ymaslikka qaratilgan parlament kurashi usullaridan biri. Shovqin solish, ishga aloqasi bo’lmagan uzundan-uzoq nutqlar so’zlash va hokazolar Obstruktsiya shakllaridan biri.