PENSIYA

PENSIYA — 1) fuqarolar keksalik yoshiga yetganda yoki mehnat qilish qobiliyatini yo’qotgan taqdirda oladigan pul ta’minoti; 2) mehnat stajiga ko’ra qo’Iga kiritilgan huquq, ijtimoiy nafaqa esa muhtojlarga davlat tomonidan ko’rsatiladigan yordam deb belgilab qo’yildi. Pensiya qarilik, nogironlik, xizmat qilgan yillari uchun va boquvchisini yo’qotganda fuqarolarni moddiy jihatdan ta’minlash uchun pul summalarining kafolatlangan har oylik to’lovi. Uning quyidagi turlari bo’lishi mumkin: qarilik pensiyasi; nogironlik pensiyasi, xizmat qilgan yillari uchun pensiya; boquvchisini yo’qotganligi uchun pensiya; ijtimoiy pensiya.