XARAJATLARNI RESPUBLIKA BUDJETIDAN MOLIYALASHTIRISH
XARAJATLARNI RESPUBLIKA BUDJETIDAN MOLIYALASHTIRISH — quyidagilar respublika budjetdan moliyalashtiriladi: fan, ta’lim, madaniyat, soqliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport (respublikaga bo’ysunadigan tashkilotlar bo’yicha); ijtimoiy ta’minot; mudofaa, milliy xavfsizlik va jamoat tartibini ta’minlash; sudlar va prokuratura organlari faoliyatini ta’minlash; davlat zaxirasi va safarbarlik zaxirasini vujudga keltirish hamda ularni saqlash; davlat markazlashtirilgan investitsiyalarini amalga oshirish; davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, O’zbekiston Respublikasining chet ellardagi diplomatik vakolatxonalari hamda missiyalari faoliyatini ta’minlash; iqtisodiyot turli tarmoqlarining respublikaga bo’ysunadigan budjet tashkilotlarini saqlash; O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish; yer tuzish, meliorativ, tabiatni muhofaza qilish va qishloq xo’jaligi zararkunandalariga qarshi kurash; gidrometeorologiya, do’lga qarshi kurash chora-tadbirlari; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar.