XALQ XO’JALIK HISOBI
XALQ XO’JALIK HISOBI — iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitidagi xo’jalik hisobi hisobning yagona tizimibo’lib, unda xo’jalik hisobining barcha turlari (tezkor, statistika, buxgalteriya) qo’shilgan. Lekin bu mexanik qo’shilgan degan ma’noni bildirmaydi. Tezkor, statistika va buxgalteriya hisoblarining birortasi ustunligi to’g’risida gap bo’lishi mumkin emas, chunki bularning har biri kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning ma’lum tomonlarini aks ettirib, iqtisodiyotni boshqarish jarayoni to’g’risidagi ko’rsatkichlami beradi.