SUG’URTA GUVOHNOMASI (SUG’URTAVIY POLIS)

SUG’URTA GUVOHNOMASI (SUG’URTAVIY POLIS) — tuzilgan sug’urta shartnomasi va uning shartlari mazmunini o’zida mujassam etganligiga guvohlik beruvchi sug’urtalovchi tomonidan sug’urtalanuvchiga o’rnatilgan namunaga muvofiq beriladigan hujjat. Sug’urtalanuvchiga u tomonidan birinchi marta yoki bir martalik sug’urta badali to’langanidan so’ng beriladi. Unda sug’urtaning asosiy shartlari: sug’urtalanuvchining familiyasi va ismi sharifi, uning rekvizitlari, sug’urta hajmi, sug’urta majburiyati hajmi, sug’urta summasining miqdori, sug’urta tarifi, sug’urta qoplanmasini oluvchi va boshqalar o’z ifodasini topadi.