Geografik fazo

Geografik fazo — pastda Moxorovichich yuzasidan (ya’ni yer po`stining pastki chegarasidan) yuqorida Yer magnit maydonining yuqori chegarasigacha (bu chegara Yer radiusidan 10 baravardan ortiq balanddan o`tadi) bo`lgan oraliqdagi tabiiy sistema. Bu tushunchani M.M.Yermolayev asoslab bergan va fanga kiritgan. Geografik fazo to`rt bo`limdan iborat; bular yaqin kosmos, yuqori atmosfera, geografik qobiq va yer po`stining tag qatlami. Geografik fazo tushunchasi geografik qobiqning fazodagi o`rni va rolini aniqlashga imkon beradi.