Gidrogeologiya

Gidrogeologiya — geologiya va gidrologiyaning bir tarmog`i bo`lib, yer osti suvlarining paydo bo`lish manbai, tarkibi, xossalari, harakati va tarqalish qonuniyatlari, yer betiga oqib chiqish sharoiti hamda ahamiyatini o`rganadi. Gidrogeologik ma’lumotlar sanoat, aholi punktlari va sanatoriylarni suv bilan ta’minlashda, foydali qazilma konlarini ishga solishda muhim ahamiyatga ega.