Gidrogeologik kesim, gidrogeologik Profil
Gidrogeologik kesim, gidrogeologik Profil — erning ma’lum qismidagi, ma’lum yo’nalishidagi suv- li gorizontlar va suv o’tkazmaydigan qatlamlarning vertikal tuzilgan grafik tasviri. G. k. burga quduqlari qazish natijasida olingan ma’lumot- larga asoslanib tuziladi. G. k.da er osti suvlari sathining er ustiga nisbatan holati, suvli qatlamlardagi suvning harakat yo’nalishi va qatlamlarni tash- kil etgan tog’jinsining geologik Yoshi ko’rsatiladi. Odatda, G. k. geologik ke- sim b-n birgalikda suv bosgan shaxta va karerlarda konchilik ishlari rejasi- ning tarkibiy qismi hisoblanadi.
O‘xshash so‘zlar
- Gidrogeologiya
- Gidrogeologiya
- Gidrogeologiya
- Gidrogeologik havzalar
- Gidrogeologik xaritalar
- GIDROGEOLOGIK XARITALAR
- Gidrogeologik qidiruv va razvedka
- Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti


