Ipakchilik, pillachilik
Ipakchilik, pillachilik – qishloq xo`jaligining ipak qurti boqish, yangi qurt zotlari yetishtirish, pilladan mo`l hosil olish yo`llarini ishlab chiqish bilan shug`ullanadigan tarmog`i. Ipakchilik qurtning asosiy ozig`i bo`lgan tutchilik bilan bog`liq. Ipakchilikdagi asosiy ish jarayonlari: ipak qurti urug`ini ochirish, qurt boqish, qurt urug`i tayyorlash va pillani dastlabki ishlash — dimlash va quritish.