Yog`inlar
Yog`inlar — suv bug`larining quyuqlashishi natijasida havodan tushadigan suv. Yog`inlar bulutlardan yomg`ir, qop, do`l va muz zarralari ko`rinishida tushadi. Shudring va qirov ham yog`in hisoblanadi. Yog`in miqdori tushgan yog`inning suyuq holatidagi qatlami qalinligini (mm.da) o`lchab aniqlanadi. Yog`in miqdori meteorologik stansiyalarda maxsus asboblar – yog`in o`lchagichlar yordamida o`lchanadi. Joyning geografik kengligiga, dengiz va okeanlardan uzoq-yaqinligiga, shamol yo`nalishiga va joyning reylefiga qarab, yer yuzining turli hududlarida yog`in miqdori xar xil bo`ladi. O`zbekiston hududida yillik yog`in miqdori 80-90 mm dan (Orol dengizining janubidagi ba’zi joylarda) 1000 mm gacha (tog`li hududlarda) yetadi. Yer sharining ba’zi joylarida yillik yog`in miqdori hatto 12 ming mm ga yetadi. Yog`in tarkibida suvdan tashqari chang zarralari, mikroorganizmlar, shuningdek radioaktiv elementlarning parchalanishidan hosil bo`ladigan mahsulotlar ham bo`ladi.